Tramp Baydenni aybladi. Sababi…

0

Jo Bayden hukumat tepasiga kelganidan keyin Qo'shma Shtatlarning dunyodagi ta'siri tarixiy eng past darajaga tushib ketdi. AQShning 45-prezidenti (2017-2021) Donald Tramp chorshanba kuni Britaniyaning  GB News telekanaliga bergan intervyusida bu haqda aytib o'tdi, deya ma'lum qilmoqda TASS.

«Menimcha, Amerika hozir butun tarixidagi eng past nuqtada», – deydi Tramp Qo'shma Shtatlarning dunyodagi o'rni qanday degan savolga javob berib.
Trampning so'zlariga ko'ra, u prezidentlikdan ketganidan keyin Vashingtonning zaiflashishi fonida butun dunyoda xalqaro vaziyat keskinlashgan.

“Bizda Rossiya bilan hech qanday muammo yo'q edi. Siz esa hozirda Shimoliy Koreya va Kim Chen Inni esga ham olmayapsiz. Men ular bilan juda yaxshi munosabatda bo'lganman», -deydi Tramp AQSh endilikda Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEKdan neft so'rashga majbur bo'lganini qo'shimcha qilib.
Shuningdek, AQShning sobiq prezidenti Baydenning yashil energiya siyosatini tanqid qildi. Uning so'zlariga ko'ra, » mamlakat dushmanlari» AQShning neft va gaz resurslaridan to'laqonli foydalanishiga to'sqinlik qilmoqda va amerika biznesini «o'ta noqulay» ahvolga solib qo'ymoqda.

loading...