O'zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi

0

1 AQSh dollarining rasmiy kursi 6,22 so'mga pasaydi.

O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi 6,22 so'mga pasayib, 10 760,27 so'mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 6,22 so'mga tushib, 10 760,27 so'mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 186,01 so'mga baholanib, 8,12 so'mga pasaygan. Shuningdek, 1 rubl 145,55 so'm etib belgilanib, 0,05 so'mga pasaygan.

Ma'lumot uchun, ushbu almashuv kurslari 3 dekabr, juma kunidan kuchga kiradi.

loading...