«O'zgidromet»: «Bugun O'zbekistonda havo harorati keskin ko'tariladi»

0

Bugun, 2 dekabr kunduz kuni O'zbekistonga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Bu haqda «O'zgidromet» ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, havo haroratining keskin ko'tarilishi fonida respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shuningdek, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo'ron va chang g'uborlari ko'tarilishi mumkin. Respublikaning asosiy hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog'istonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Havo 19-24° iliqgacha isiydi.

Poytaxtda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° iliq bo'ladi.

Tog'li hududlarda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Bazi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo'ladi.

loading...