Xalimaxonim Mirzabek Xolmedovga atab qo'shiq kuyladi — video

0

U qo'shiqni Mirzabek Xolmedovning 60 yillik yubileyida aytdi
Aktrisa, qiziqchi Xalima Ibragimova Mirzabek Xolmedovning 60 yillik yubileyi tadbirida ustoziga atab qo'shiq kuyladi.

U Xurshid Rasulovning «Shohimardon soylari» qo'shig'ining so'zlarini o'zgartirib aytgan. Shuningdek, bu qo'shiqni Mirzabek Xolmedovning o'zi ham kuylagan. Tadbir «Zo’r Tv» telekanalida bo'lib o'tgan. Yubileyda «Mirzo» teatrining barcha a'zolari, Rixsi Ibrohimova, Alisher Fayz, Fotima Rejametova, Jahongir Poziljonov, Hosila Rahimova, Mashhurbek kabi ko'plab san'at ahli ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1961 yilning 13 dekabr kuni dunyoga kelgan. U oilasidagi 11 farzandning to'qqizinchisi. 1987 yil esa oila qurgan. Uning 3 o'g'il va 1 qiz farzandi bor. Mirzabek Xolmedov 1989 yildan buyon har yili «Mirzo» teatrining konsert dasturi tashkil qilib keladi. U aktyor sifatida «Alif va Laylo», «Oltin devor», «Ko'zlarim yo'lingda», «Muhabbat sinovlari-1», «Muhabbat sinovlari-2», «Ulfatlar-1», «Ulfatlar-2», «Ulfatlar-3» kinokartinalarida rol ijro etgan.

loading...