Yaponiyada yuk kemasi cho'kib ketdi

0

Naxodkadan Yaponiyaning Kinuura portiga (Ayti markaziy prefekturasi) suzib ketayotgan Panama bayrog'i ostidagi quruq yuk kemasi Yaponiya dengizida halokatga uchradi, natijada bir kishi bedarak yo'qoldi, deb xabar bermoqda NHK (https://www3.nhk.or.jp/nhkworld/ru/) telekanali.

Kema bortida 18 nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Ularning barchasi Vyetnam fuqarolari. Ko'mir ortilgan yuk kemasi chorshanbaga o'tar kechasi Yaponiyaning Simane prefekturasidan 380 km uzoqlikda favqulodda ogohlantirish e'lon qildi.

Payshanba kuni ertalab Janubiy Koreya qirg'oq qo'riqchisi yetib keldi. U yuk kemasi ekipajining 17 a'zosini topdi, ularning barchasi qutqarib olindi. Yuk kemasi cho'kib ketdi.

Bir kishi bedarak yo'qolgan deb taxmin qilinmoqda. Yaponiya qirg'oq qo'riqlash xizmati uni qidirmoqda.

 

loading...