Faqirlik – cho'ntak bo'shligida emas, faqirlik – qalb bo'shligida

0

Ust-boshi yupun bir odam do'konga kirib sotuvchidan so'radi:
— Sizda sement uchun surtma dori (maz) bormi?
Sotuvchi bu savoldan kulib yubordi va masxara ohangida unga shunday dedi:
– Ha, bizda tosh uchun ham, temir uchun ham surtma dori bor. Sizga qanaqsi kerak, chetdan keladigan tozasimi yoki o'zimizdan chiqadiganimi?
– Chetdan keladigan tozasidan beraqoling, — dedi haligi odam.
Sotuvchi:
– Aytib qo'yay, unisi qimmat turadi, — dedi kulib.

Shunda haligi odam qo'lini ko'tarib, sotuvchiga ko'rsatdi va shunday dedi:
— Sement tashib, qo'lim yorilib ketgan. Bu qo'lim bilan qizalog'imni erkalab, yuzini silay olmayapman. Agar shu qimmat doringiz qo'limdagi narsani ketkazsa, bering, pulini to'layman.

Bu gapdan keyin sotuvchi sergak tortdi. Avvalo oldinroq qilgan muomalasidan, keyin farzandlarini oxirgi marta qachon erkalab o'ynatganini eslolmaganidan qattiq uyaldi.