Piyodalar uchun yangi turdagi o'tish joylari tashkil etiladi

0

Prezident farmoni bilan 2022−2025 yillarda O'zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unga muvofiq quyidagilar ko'zda tutilmoqda:

✅yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, og'ir oqibatlarga olib kelgan yo'l-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish;

✅«Yo'l — piyoda uchun» tamoyilini keng joriy etish;

✅qoniqarsiz holati YTHga, ayniqsa o'limga olib kelgan yo'l yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob'yektlari tasarrufida bo'lgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibini joriy etish;

✅piyodalar uchun yangi turdagi o'tish joylarini tashkil etish;

✅shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo'laklariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o'rnatish;

✅jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo'l polosasi va zamonaviy velosiped yo'lkalarini tashkil etish.

loading...