Kecha, 2 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o'tkazdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ma'lum qilishicha, suhbatdan O'zbekiston Prezidentining Koreyaga kutilayotgan tashrifi alohida o'rin olgan.
Tomonlar ,shuningdek, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlarni muhokama qilishgan.
«Koreyada bo'lishi kutilayotgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish va aniq kelishuvlarga erishish uchun uchta qo'shma ishchi guruh tuzilganligi ma'lum qilindi. Ularning vazifasi ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat bo'ladi»,-deya alohida qayd etiladi vazirlik xabarida.
Muzokaralar yakunida bo'lajak tashrifning bir qator tashkiliy va mazmundorligi masalalari yuzasidan kelishib olingan.