«Tesla»dan ajoyib yangilik!

0

Kvadrotsiklning narxi 1900 dollarni tashkil qiladi.

Tesla o'z veb-saytida bolalar uchun Cyberquad elektr kvadrotsiklini sotishni boshladi. Yetkazib berish 2-4 haftada boshlanadi.

Qayd etilishicha, kvadrotsikl Tesla Cybertruck pikapi bilan bir xil futuristik uslubda ishlab chiqarilgan. U 16 kilometr/soat tezlikda bitta akkumulyator quvvati bilan 24 kilometr masofani bosib o'ta oladi. Qurilmani to'liq zaryad qilish uchun taxminan 5 soat vaqt ketadi. Uning narxi 1900 dollarni tashkil qiladi.

Cyberquad 55 kilogramm vaznga ega bo'lib, monolit po'latdan yasalgan ramka va diskli tormozlar bilan jihozlangan. Uning maksimal yuk ko'tarish qobiliyati 68 kilogrammni tashkil qiladi. Hozircha saytda faqat 8 yoshdan oshgan bolalarga mo'ljallangan versiya mavjud.

Ma'lumot o'rnida, ilk marta kattalar uchun kvadrotsikl versiyasi 2019 yilda birinchi Cybertruck taqdimotida namoyish etilgandi. O'shanda ushbu qurilmani avtomobilga qo'shimcha mahsulot sifatida e'lon qilishgan.

Avvalroq Tesla’ning eng tezkor elektromobili Xitoy bozoriga 2022 yil chiqishi haqida xabar berilgandi.

loading...