Xalq ta'limi vaziri Turkiya elchisi bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

0

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko'ra , xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Uchrashuv chog'ida ikki mamlakatlarning ta'lim tizimlari o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yo'nalishlari muhokama etildi.

Uchrashuv chog'ida o'zbekistonlik o'quvchilarga Turkiyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olishi uchun grant ajratish, vazirliklar o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Turkiya maorif vazirining O'zbekistonga ishchi tashrifi rejalashtirilayotganligi qayd etildi.

loading...