Xoliqjon vines Davron Kabulov uni «Million»ga qabul qilmagani haqida gapirib berdi

0

U hamma qatori harakat qilganini ta'kidladi.
Instabloger Xoliqjon vines YouTube’dagi «Shok.uz» loyihasiga bergan intervyusida Davron Kabulov uni «Million» jamoasiga olmagani uchun rahmat aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, «Million» jamoasiga o'tish uning orzusi bo'lgan. Biroq Xoliqjon bundan tushkunlikka tushmaganini ta'kidladi.

«Men Davron Kabulovga rahmat aytmoqchiman. Men QVZ dan chiqqanman. Undan keyin Davron Kabuloving ‘Garaj’ ko'rsatuviga borganman. Mening niyatim, orzu-havasim ‘Million’ jamoasiga o'tish bo'lgan. Davron aka ‘Kim zo'r chiqsa, arzisa Million jamoasiga olamiz’ degan. Hamma qatori harakat qilganman. Demak, mening kamchiligim bo'lganki, men ‘Million’ jamoasiga o'tmaganman. Davron Kabulovga meni jamoasiga olmagani uchun rahmat aytaman. Mening rizq-nasibam Xoliqjon vinesda ekan. Men bundan tushkunlikka tushib qolmaganman. Xudoga behisob shukur, hozir hamma narsam bor», — deydi u.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Maftuna Shokirova, Umidjon Haydarov «Million»dan ketishining sababini aytgandi. Shuningdek, «Million» jamoasi a'zolariga gonarar qay tartibda berilishi ma'lum bo'lgandi. Shu bilan birga, Davron Kabulov «Million»dan ketganlar haqida fikrini bildirgandi.

loading...