Ziroat va Shahnoza Mirziyoyevalar Qashqadaryodagi maktablarga tashrif buyurdi

0

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida 17-sonli nogironligi bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'ldi.

Bu yerda fond ko'magida “Zamin Education” informatika sinfi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Shuningdek, “Zamonaviy yordamchi asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasi doirasida 24 ta frontal va 12 ta yakka tartibdagi o'quv xonasiga zamonaviy FM tizimlari o'rnatildi.

«Men eshityapman!» loyihasi doirasida Qarshidagi maktabning barcha o'quvchilari diagnostikadan o'tkazildi va 413 nafar o'quvchiga 2 tadan zamonaviy raqamli eshitish apparati topshirildi.

“Bizning barcha harakatlarimiz sizning ertangi kuningiz uchun bo'lyapti. Maqsadimiz aniq –chuqur bilim oling, bilimlaringizni hayotda qo'llang va jamiyatda o'z o'rningizni toping. Umid qilamanki, siz ilm yo'lida hech qanday to'siqlarga uchramaysiz. Kelajakda katta zafarlarga erishasiz”, — Ziroat Mirziyoyeva bolalarga murojaatda alohida ta'kidladilar.

loading...