Bayden Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga xalal beruvchi «choralar majmuasi» tayyorlanayotganini ma'lum qildi

0

Jo Bayden mavjud vaziyat bo'yicha AQShning Yevropadagi ittifoqchilari va Ukraina bilan doimiy aloqada bo'lib turganini ta'kidladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzkorona harakatlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradigan choralar majmuasi tayyorlanayotganini ma'lum qildi.

«Men odamlar Putin qilishi mumkinligidan xavfsirayotgan ishni amalga oshirishni juda qiyinlashtiradigan tashabbuslar to'plamini jamlayapman. Hozirda bu ishlab chiqish jarayonida», — dedi Bayden.

U mavjud vaziyat bo'yicha AQShning Yevropadagi ittifoqchilari va Ukraina bilan doimiy aloqada bo'lib turganini ta'kidladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov RF prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden onlayn muzokaralar davomida qaysi mavzularda suhbatlashishini ma'lum qilgandi.

Uning so'zlariga ko'ra, prezidentlar «ikki tomonlama ishlar, xalqaro kun tartibi, xususan, Afg'oniston, Iroq, Ukraina, Liviya, suhbat borishiga qarab Suriyaga oid masalalarni muhokama qiladi».

gazeta.ru

loading...