Ekoqo'mita O'zbekistonda kuzatilgan chang va qumli bo'ron bo'yicha izoh berdi

0

O'zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi kuzatilayotgan chang va qumli bo'ron hodisalariga izoh berdi:

Aziz Kalimbetov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi boshqarma boshlig'i:

O'zbekistonda 150 yil davomida birinchi marta kuzatilgan chang, qumli bo'ronni dastavval ko'pchilik qurilish maydonlari sababli deb o'ylashdi. Bu cho'ldagi qumlarning shamol orqali kirib kelishi hisoblanadi.

Dov-daraxtlar O'zbekiston bo'yicha 8%ni tashkil etadi. Jahon standartiga ko'ra esa ko'kalamzorlashtirilgan maydonlar 30% darajada bo'lishi lozim.

2021/2023 yillarda chang va gaz so'ruvchi uskunalarini yangilash bo'yicha dastur ishlab chiqilgan va ishlar boshlangan. Hozirda 6,5 mingga yaqin chang va gaz so'ruvchi uskunlarining 60 foizdan ortig'i yaroqsiz, so'nggi 10 yilda modernizatsiya qilinmagan.