“Kaptiva”da olib ketilayotgan 15 950 quti tamaki mahsulotlari manzilga yetib bormadi

0

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo'mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati hududida tezkor tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida poytaxtga yo'l olgan fuqaro R.M. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashina tezkor kuzatuvga olindi va belgilangan tartibda to'xtatilib avtomashina ko'zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtomashinada aksiz markalari bilan markalanmagan va tegishli hujjatlari bo'lmagan, umumiy qiymati 159,5 million so'mlik 15 950 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.