Pochta jo'natmalaridagi zargarlik buyumlari fosh bo'ldi

0

Navbatdagi ana shunday holat Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida aniqlandi.

Unga ko'ra, xorijdan poytaxtimizda yashovchi fuqaro nomiga keltirilgan pochta jo'natmasida hujjatlarga asosan jo'natmada “oyoq kiyim” tovari bo'lishi lozim edi.

Post xodimlari tomonidan mazkur jo'natma ko'zdan kechirilganda esa, jo'natmada oyoq kiyimlar emas, qiymati 30 mln. so'mlik og'irligi 22 gramm bo'lgan 2 dona ayollar zanjirlari hamda 2 dona qo'l soatlari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa, 13,6 mln. so'mlik 17,66 gramm og'irlikdagi 1 dona ayollar bilak uzugi pochta jo'natmasiga tegishli hujjatlarda qayd etilmaganligi fosh bo'ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

customs.uz

loading...