Qorabog'da minglab mina zararsizlantirildi

0

Ozarbayjon armiyasining muhandislik-sapyorlik bo'linmalari turkiyalik sapyorlar bilan birgalikda Armaniston bosqinidan ozod qilingan hududlarni mina va portlamagan o'q-dorilardan tozalash ishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Hududda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'llar minalardan tozalanmoqda. Xususan, 22 noyabrdan 2 dekabrgacha bo'lgan davrda Terter – Geranboy tumanlari yo'nalishida yangi yo'llar qurish jarayonida Armanistonda ishlab chiqarilgan 537 ta piyodalarga qarshi va 101 ta tankka qarshi minalar topilib, zararsizlantirildi.

Bugungi kunga qadar Qorabog'dagi ozod qilingan hududlarda muhandis-sapyorlik bo'linmalari tomonidan 13 ming 177 gektar maydon minalardan tozalandi, 616 kilometr yo'l yotqizildi, 16 ming 860 mina va portlamagan o'q-dorilar topilib, yo'q qilindi.

Aholi punktlari va ekin maydonlarini minalar va portlamagan o'q-dorilardan tozalashda Turkiyada ishlab chiqarilgan MEMATT uskunasidan foydalanilmoqda.

mod.gov.az

loading...