Samarqandda soliq inspeksiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari o'limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishini ko'rib chiqish yakunlandi

0

3 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tuman sudida viloyat davlat soliq inspeksiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Ahmedovning o'limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishini ko'rib chiqish yakunlandi

Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari xabar qildi.

Sud qarori bilan sudlanuvchilar M.Qo'chqorov (Kattaqo'rg'on tumani IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan) va Sh.Rahimberdiyev (Samarqand viloyati IIB YBB 4-bo'limi katta inspektori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlikdan o'limga sabab bo'lish) va 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish) bilan aybdor deb topildi.

Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o'tash belgilandi.

loading...