Indoneziyada Semeru vulqoni uyg'ondi. Qurbonlar bor

0

Indoneziyada Semero vulqonining uyg'onishi oqibatida shu vaqtgacha 15 nafar kishi vafot etgani ma'lum bo'ldi, yuzlab odamlar jarohat olgan.

Vulqon kuli Lumadjang viloyatidagi bir necha qishloqlarni qoplab oldi, 900 kishi boshqa joyga ko'chirilgan.

Balandligi 15 kilometrga yetgan bulutlar tufayli aviakompaniyalarga ogohlantirish yuborildi.

repost.uz

loading...