O'zbekiston va Qozog'iston 5,9 milliard dollarlik shartnoma va bitim imzoladi

0

O'zbekiston va Qozog'iston 5,9 milliard dollarlik savdo shartnomalari va ikki tomonlama bitimlar imzoladi. Bu haqda O'zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjatlar Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Qozog'iston biznes-forumi va ikki mamlakat ishbilarmonlari Kengashining kengaytirilgan yig'ilishi yakunida imzolandi.
Tadbirda ikki mamlakatning asosiy vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan.
Ikki mamlakat hukumatlarining O'zbekiston va Qozog'iston ishbilarmonlari o'rtasida qo'shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ikki tomonlama savdoni faollashtirish borasida bevosita hamkorlik o'rnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha hamkorlik qilishga tayyorligi qayd etildi.
Ikki mamlakatning chegara hududida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil qilinadi. Markaz zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan jihozlanadi. Uning rezidentlari o'zbekistonlik va qozog'istonlik tadbirkorlarini qo'shma sanoat korxonalarini tashkil etishga jalb qiladigan bir qator imtiyoz va preferensiyalarga ega bo'ladi.

mift.uz

loading...