Yoshlar Paraosiyo o'yinlaridagi O'zbekiston medallari sakkiztaga yetdi

0

Avval ma'lum qilinganidek,  ayni kunlarda Bahrayn davlatida yoshlar o'rtasida Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning uchinchi kunida para suzuvchimiz Azizbek Boynazarov uchinchi medalini qo'lga kiritdi. S8 klassida 100 metrga batterflyay dasturida qatnashgan hamyurtimiz marraga uchinchi bo'lib yetib keldi. 1:18:80 daqiqa natija qayd etgan Boynazarov bu gal bronza medalini o'z hisobiga yozib qo'ymoqda.

Eslatib o'tamiz,  Azizbek Boynazarov bundan avval terma jamoamiz hisobiga 2 ta oltin medalni keltirgan edi. Hozircha delegasiyamiz hisobida 4 ta oltin,  1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.

darakchi.uz

loading...