“Ipak yo'lida” qisqa metrajli filmi yana bir kinofestivalda g'olib bo'ldi

0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo'lida” qisqa metrajli filmi Qozog'istonning Almata shahrida bo'lib o'tgan “Bastau IFF” xalqaro talabalar va debyutantlar kinofestivalida “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida (https://telegra.ph/Bastau-2021-12-06) g'olib bo'ldi.

Mazkur kinofestivalda Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlaridan yosh kinoijodkorlar, talabalar va debyutant rejissyorlarning kinofilmlari saralanib, eng munosiblari mukofotlanadi.

Filmning ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.

Eslatib o'tamiz, “Ipak yo'lida” qisqa metrajli filmi “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida, AQShning AWFF-2021 («Asian World Film Festival») xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'lgan.