Mansabdorlar so'nggi 4 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga qancha zarar yetkazgan

0

Bu boradagi statistika ma'lumotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Shodiyeva keltirdi.

Statistika bo'yicha mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd, 2019 yilda 1,858 trln, 2020 yilda 500,1 mlrd, 2021 yilning 9 oyida 658 mlrd so'm moddiy zarar yetkazilgan.

Deputat birinchi o'qishda qabul qilingan “Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlashga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi mamlakatda korrupsiyaning oldini olishga, korrupsiyaga qo'l urgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta'minlashga xizmat qilishiga umid bildirgan.