Mastopatiya qanday kasallik! U xavflimi?

0

✅ Mastopatiya sut bezlari kasalliklaridan biri hisoblanib, sut bezlarida har xil kattalikda “tuguncha” va fibroz to'qimalar paydo bo'lishi bilan kechadi. Ushbu kasallik asosan organizmdagi gormonal o'zgarishlar sababli yuzaga keladi. Bundan tashqari jinsiy a'zolarning turli yallig'lanish kasalliklari, abortlar, semizlik, zararli odatlar, qalqonsimon bez va jigar kasalliklari ham bunga sabab bo'ladi.

🔻 Bemorda sut bezlarini paypaslaganda og'riq va tugun sezilishi, og'riqning qo'ltiq osti yoki yelkaga tarqalishi, hayz oldi davrida sut bezlarida dag'allashish kuzatiladi.

❇️ Mastopatiya tashxisi qo'yilganda shifokor tomonidan kompleks davo muolajalari olib boriladi.

🔹Bunday bemorlar har 3-4 oyda mammolog shifokor ko'rigidan o'tishi, biror o'zgarishlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilishi lozim. Sog'lom ayollar ham profilaktika maqsadida bir yilda bir marta mammolog ko'rigidan o'tishi tavsiya qilinadi.