Rossiyada 4 va 7 yoshli O'zbekistonlik bolalar muzlagan ko'lga cho'kib ketdi

0

Rossiyaning Ryazan viloyatida ikki nafar bolalar muzlagan ko'lga cho'kib ketdi. Bu haqda Rossiya OAVsida xabarlar tarqaldi.

Ma'lum bo'lishicha, ularning ikkisi bir oiladan va asli o'zbekistonlik bo'lgan. Ular «Dedyuxino» qishlog'idagi usti muzlagan sun'iy suv havzasining muziga chiqqan vaqtda muz yorilib, bolalar cho'kib ketgan.

Bolalarning ota-onasi ularni O'zbekistonda dafn etishini ma'lum qilgan. Holat bo'yicha surishtiruv boshlangan.

everyday.uz

loading...