Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi modernizatsiya qilingan tanklar bilan kuchaytirildi

0

“6 dekabr kuni Rossiya harbiy bazasini qayta jihozlash uchun modernizatsiya qilingan 30 dona T-72B3M tanki jo'natildi”, — deyilgan Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

T-72B3M tanki yangi dvigatel, passiv va faol himoya kompleksi, shuningdek, “Sosna-U” ko'p kanalli teplovizor moslamasi bilan jihozlandi. Bundan tashqari, 125 mm qurol va ballistika yaxshilandi va o'q otish resurslari oshirildi, jangovar mashina komandirining panoramali nishonga olish qurilmasi o'rnatildi.

Avvalroq Afg'onistondagi vaziyat fonida Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga “Kornet” tankga qarshi tizimlari olib kelindi.

 

loading...