Saudiya Arabistoniga “Sputnik V” bilan emlanganlar kirishiga ruxsat beriladi

0

Saudiya Arabistoni Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi “Sputnik V” bilan emlangan kishilarga 2022 yil 1 yanvardan o'z hududiga kirishga ruxsat beradi. Bu haqda vaksinani ishlab chiqishda ishtirok etgan Rossiyaning to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni “Sputnik V” bilan emlanganlar tashrif buyurishi mumkin bo'lgan 102-davlat bo'ldi. Ushbu ruxsat Makka va Madinani ziyorat qilish imkonini berishi mumkin.

Shu bilan birga, vaksina bilan emlanganlar podshohlik hududiga kirgach, 48 soatlik karantindan o'tishlari va PZR-test topshirishlari kerak bo'ladi.

Biroq Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasida Saudiya Arabistonidan “Sputnik V” bilan emlangan musulmonlar Haj va Umra ziyoratlariga qo'yilishi haqida hali rasmiy tasdiq olinmagani ma'lum qilingan.

“Hozircha biz bu haqida faqat Rossiya OAVdagi xabarlarni ko'rdik. Biz bu borada Saudiya Arabistoni mutasaddi idoralariga so'rov yubordik. Hozircha ulardan hech qanday izoh yoki tasdiq bo'lmadi”, deb aytgan boshqarma raisi birinchi o'rinbosari Rushan Abbyasov.

TASS

loading...