Sergeli hokimi o'ziga 35 million ustama belgiladi

0

Sergeli tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Elbek Shukurov o'z imzosi bilan o'ziga 35 million so'm ustama belgiladi. Bu oydinlashgan qaror “e-qaror.gov.uz” saytida paydo bo'ldi.

Xalq deputatlari Sergeli tumani kengashi Toshkent shahar hokimining qator farmoyishlari asosida tuman hokimi Elbek Shukurovning «mehnatda tashabbuskorligini» rag'batlantirish maqsadida 2021 yil iyun, iyul, avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun lavozim maoshiga ustama haqi to'lash uchun 35 mln. so'm mablag'ni mahalliy byudjetning uchinchi chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratish to'g'risida qaror qabul qilibdi.

 

loading...