Toshkentda “ishlab pul topmasang sendan voz kechaman” degan otaning bolasi o'zini osib qo'ydi

0

Toshkentda Qoraqalpog'istonning Amudaryo tumanida tug'ilgan yigit o'z joniga qasd qildi.

Ma'lum bo'lishicha, yigit shu yil 23 avgust kuni ikki do'sti bilan Toshkentga ishlash uchun kelib, ish qidirgan. Lekin topgan ishi yoqmagach, Hasanboydagi qarindoshining uyiga borgan. 27 yoshli yigit 24 avgust kuni o'sha uyda o'zini osib, o'ldirgan.

Bosh prokuraturaning ma'lumotiga ko'ra, yigit tushkun kayfiyatda Toshkentga kelgan bo'lgan. Sababi uning ota-onasi bilan muammosi bo'lgan. Ta'kidlanishicha, yigit o'limidan oldin TATUga o'qishga kirgan va otasiga tahsil olishini aytgan. Ota esa o'z navbatida bunga qarshi bo'lib, pul topasan, aksi bo'lsa sendan voz kechaman degan. Ushbu holat uning ruhiyatiga jiddiy ta'sir qilgan.

Hodisa o'rganilgan va 30 avgust kuni bu bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilmaydigan bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, voqea avvalroq tarmoqlarda boshqacha yoritilgan. Tarqalgan xabarlarda yigit totalizatorda katta miqdorda pul yutqazgani uchun o'zini o'ldirgan deb yozilgan. Lekin bosh prokuratura bularni rad etib, yuqoridagi batafsil ma'lumotni taqdim etgan.