O'qishga kiritib qo'yish bilan bog'liq firibgarliklar fosh etildi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIBB JQB bilan o'tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti assistenti R.G. fuqaro F.dan uning ukasi U.ni tanishlari orqali Toshkent davlat texnika universitetiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.B. boshqa bir fuqaro F.ni Qozog'iston Republikasida joylashgan “Taraz xalqaro innovatsiya instituti”dagi o'qishini Qibray tumanida joylashgan “ISFT” “Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy instituti”ga ko'chirib berishni 3 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 2 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...