O'zbekiston dekabr oyida Rossiyadan o'z fuqarolarini olib kelish uchun 8 ta poezd qatnovini yo'lga qo'ydi

0

Dekabr oyida “O'zbekiston temir yo'llari” Rossiyadan o'zbekistonliklarni tashish uchun sakkizta qo'shimcha temir yo'l reyslarini yo'lga qo'ydi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

Birinchi poezd 4 dekabr kuni yo'lga chiqdi. Qolgan poyezdlar “Voljskiy stansiyasi (Volgograd viloyati) – Toshkent” yo'nalishida 6, 10, 13, 17, 20, 24, 27 -dekabr kunlari jo'nab ketadi.

Bu poezdlar uchun chiptalar faqat bir tomonga – Rossiyadan O'zbekistonga sotiladi.

Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” saytida elektron chiptalar savdosi yo'lga qo'yildi.

Bundan tashqari, vatandoshlar uchun chiptalarni ularning O'zbekistondagi qarindoshlari yoki tanishlari xarid qilib, elektron shaklda yuborishlari mumkin.

loading...