O'zbekistonda maktab o'quvchilari orasida homiladorlik holati ko'paydi

0

Avvalroq Samarqand viloyatida 13 yoshli maktab o'quvchisi homilador bo'lib qolgani xabar qilingan edi. Jurnalist Xurshid Daliyev o'zining telegram kanalida maktab o'quvchilari orasida yana homildorlik holati kuzatilayotganini yozdi.

Jurnalist bergan ma'lumotga ko'ra, joriy yil avgust oyida Qoroaqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumanidagi maktablarning birida o'quvchi 10 sinf qiz homilador bo'lgan. Bundan tashqari, Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 59-sonli maktabda o'quvchi qizning homilasi 22 haftalik ekani aytilmoqda. Qizning homiladorligi shu yil 26 noyabr kuni maktab direktori ishtirokidagi yig'ilishda ma'lum bo'lgan.

Maktab o'quvchilari orasida homiladorlik holati Toshkent viloyati Toshkent tumanida ham kuzatilgan. Jurnalist bu bo'yicha batafsil ma'lumotni ochiqlamgan. Hozircha bu bo'yicha mas'ul tashkilotlar izoh bermadi.

loading...