Zokir Ochildiyev Hojiboy Tojiboyevning qiyofadoshini uchratib qoldi — video

0

«Ko'rgisi kelganlar kelaversin», — deydi qiziqchi
Qiziqchi, aktyor, so'z ustasi Zokir Ochildiyev marhum ustozi Hojiboy Tojiboyevning qiyofadoshini uchratib qoldi.

Zokir Ochildiyev Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ijodiy safarda bo'lgan. Safar davomida Shahrisabzning Oqsaroy me'moriy yodgorligi oldida ustozining qiyofadoshini uchratib qolgan va u bilan birgalikda video olgan.

«Oqsaroy qarorgohi atrofi havosi juda ham yaxshi. Amir Temur bobomiz bekorga bu yerni tanlamagan ekan. Yozning issiq jaziramasida ham shabboda bor, qishda ham shabboda bor. Qolaversa biz yo'qotgan odamlarimizni topdik. Mana Hojiboy akam Tojiboyevni mana shu yerga kelib topdik», — deydi Zokir Ohildiyev.

Eslatib o'tamiz, avvalroq internetda Rayhonning qiyofadoshi paydo bo'lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, «Sevgi iztirobi» serialidagi «Kamol»ning qiyofadoshi o'zbek filmda suratga tushayotgani ma'lum qilingan.

loading...