Mamlakat federal prezidenti Aleksander Van der Bellen bungacha ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan Karl Nexammerdan qasamyod qabul qilgan.
2 oy davomida kansler vazifasini bajargan Aleksandr Shallenberg avvalgi lavozimiga qaytgan. U Avstriyaning sobiq kansleri Sebastyan Kurs korrupsion mojaro sababli oktyabrda iste'foga ketgandan keyin uning o'rnini egallagandi. Shallenberg Avstriya xalq partiyasi yetakchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan Kurs siyosatdan butunlay ketishini aytgandan keyin 2 dekabrda iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi.
RIA Novosti