Kamhosil yerlar 0,1 gektardan 1 gektargacha bo'lgan hajmlarda ijaraga beriladi

0

Qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi nizom ishlab chiqildi.

Nizomga ko'ra, quyidagi tadbirlar belgilanmoqda:

  • past hosilli paxta va g'alladan qisqartirilgan, fermer va klasterlar foydalanayotgan 200 ming gektar yerni bosqichma-bosqich (2022–2025 yillarda, shundan 2022 yilda – 80 ming gektar) zaxiraga qaytarish;
  • zaxiraga olingan yer maydonlari 0,1 gektardan 1 gektargacha bo'lgan hajmlarda ijaraga beriladi, ijara muddati – 10 yil;
  • er uchastkalarini ijaraga berishni tashkillashtirish «E-ijara» axborot tizimi va «E-AUKSION» savdo maydonchasi tizimlarida ochiq elektron tanlovlar orqali tashkil etiladi;
  • qishloq xo'jaligi yerlari ekin ekish uchun 1 yilgacha ikkilamchi ijaraga beriladi, shartnoma ixtiyoriy tuziladi va bu shartnoma fermerni o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi;
  • talabgor ochiq elektron tanlovda ishtirok etishi uchun oldindan to'laydigan zakalat puli miqdori va taqsimlash tartibi quyidagicha: dehqon xo'jaligi uchun – 270 ming so'm («O‘zdaverloyiha», «E-IJARA», «E-AUKSION» «daftar»larga kiritilganlarga – bepul), fermer xo'jaligi va boshqa yuridik shaxslar uchun yer uchastkalari tanlovida: 30 gektargacha yerda – 1,35 mln so'm, 30-100 gektargacha yerda – 2,7 mln so'm, 100 gektar yerdan ortiq yerda – 5,4 mln so'm.

Loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:

1) 200 ming gektar yer maydonini qayta taqsimlash orqali kamida 525 mingta ishsiz aholi bandligini ta'minlash;

2) qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo'jaliklari ulushini oshirish;

3) yer ajratishdagi korrupsiya va mansab vakolatini suiiste'mol qilish holatlarini keskin kamaytirish;

4) yer ajratishdagi xarajatlarni norasmiy to'lovlar orqali qoplash amaliyotiga chek qo'yish.

loading...