Luiza Rasulova o'ziga o'zi guldasta sovg'a qilishi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi — video

0

Aktrisa bu haqida Instagram’dagi shaxsiy sahifasida post qoldirgan
Taniqli aktrisa va boshlovchi Luiza Rasulova o'ziga o'zi guldasta sovg'a qilishi haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda «PEOPLE» nashri xabar berdi.

Luiza Rasulova noyabr oyining so'nggi kunlaridan boshlab turli xil sovg'alar ola boshladi va shu haqidagi fotosuratlarni Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joyladi. Turli xil guldastalar va yurak shaklidagi pufaklar aks etgan suratlar Luiza Rasulovaning muxlislariga boshqacha ta'sir etdi. Uning muxlislari bu sovg'alarni kim yuborganini so'ragan va  Luiza Rasulova esa savollarga javob qaytarmagan.

Keyinroq Luiza Rasulova o'ziga o'zi guldasta sovg'a qilishi haqidagi mish-mishlar tarqalgan. U esa guldastalarni o'zi sotib olmasligini aytgan.

«Bugun tug'ilgan kunim emas. Gullarni shunchaki, sababsiz ham berishadi va bu normal holat. Kuzatuvchilarimning aytishicha, gullarni o'zim sotib olar ekanman. Mayli, gapiraveishsin. Boshqa qiladigan ishim yo'qmi, eh, sizlar», — deydi aktrisa tarqalgan gap-so'zlarga javoban.

Avvalroq, Luiza Rasulova to'tiqushining qanday gapirishini ko'rsatgani haqida xabar berilgan edi.

loading...