NARKOLEPSIYa NIMA?

0

Narkolepsiya — ko'p uxlash demakdir.

Qanday namoyon bo'ladi?
Narkolepsiya — kunduz kunlari bir necha kunlab uyquga ketish bilan namoyon bo'ladigan patologik holat.
Bunday bemorlar kunduz kuni to'satdan uyquga ketadi va 2-3 kun va undan ham uzoq davrga uxlab yotaveradi.

Sabablari
Bu holatning sababi, o'tkir stress va ruhiy kasalliklardir. Ba'zida bosh miyaning yallig'lanishi (ensefalit) va bosh miya jarohatlari ham ushbu kasallikni yuzaga keltiradi.

Qanday kechadi?
Narkolepsiya kunduz kunlari to'satdan uyquga ketib, bir necha kunlar uxlab yotish, tungi uyqu rejimining buzilishi, alahsirashlar, ba'zida tutqanok xurujlari, qotib qolishlar, xotira va hulq-atvor buzilishlari bilan kechadi.

Davolash
Narkolepsiya bilan kasallangan bemorlarni psixiatr davolashi kerak. Buning uchun ushbu bemorda narkolepsiyami yoki uyqu buzilishining boshqa turimi, uni aniqlash lozim.

SoglomHayot

loading...