Navalniyning «Putin saroyi» surishturivi YouTube’ning rus auditoriyasi tomonidan 2021 yilning eng ommalashgan videosi deb topildi

0

YouTube 2021 yil yakunlari bo'yicha eng yaxshilarni e'lon qildi va Rossiyada eng ommaviylashgan videolar ro'yxatini taqdim etdi. Ro'yxatni Aleksey Navalniyning «Putin saroyi» surishtiruvi birinchi o'rinni egallagan, deb yozmoqda Tjournal.

Gelenjikdagi saroy — «Eng katta kelishilgan pora tarixi» surishtiruvi mualliflari mazkur binoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga aloqadorligini qayd etgan.

2021 yil 6 dekabr holatiga ko'ra, rolik 119 million martadan ko'proq ko'rilgan. Video platformaga joylashtirilganidan keyin 10 kun ichida 100 million martadan ko'p ko'rilgan.

Shuningdek Sultan Laguchevning «Acchiq ta'm» («Gorkiy vkus») qo'shig'iga ishlangan klip Navalniy surishtiruvidan ko'proq ko'rilgan, biroq u alohida kategoriyaga mansub video. Ommalashgan videolar nominatsiyasida uchinchi o'rin Yuriy Dudning Ivangay bilan intervyusiga nasib qildi. Ushbu suhbat uchun jurnalist giyohvand moddalar targ'iboti sabab 100 ming rubl jarimaga tortilgan. Shuningdek, ro'yxatga BadComedian tahlillari va «O'yin» hamda «Patsanki» shoularining ayrim sonlari kirgan.

Eng ommalashgan 10 ta klip sirasiga Morgenshternning uchta kompozitsiyasi kirgan. Rossiya tergov qo'mitasi rahbari Aleksandr Bastirikin mazkur kliplar ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalar sotish uchun tayyorlanganini ta'kidlagan. Bastrikin bayonotidan keyin reperning mamlakatdan chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi 2021 yil 19 yanvarda «Putin uchun saroy. Eng katta pora tarixi» filmini tarmoqqa yukladi. Qasr hududida kazino, chilimxona, ombor, o'yin avtomatlari va boshqa ko'ngilochar maskanlar mavjud.

«Putin saroyi» ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo'ldi. Gelenjikdagi saroy haqida avval ham ko'pchilik bilgan, ammo qayta tayyorlangan interyer prezident didi va u yoqtirgan hashamat haqida axborot bermoqda.

loading...