Paxta tozalash zavodida yong'in sodir bo'ldi

0

Farg'ona viloyati Rishton tumani «Xurramobod» mahalla fuqarolar yig'ini joylashgan paxta tozalash zavodida yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 6 dekabr kuni soat 03:27 da Rishton tumani «Xurramobod» MFY, Xurramobod qishlog'ida joylashgan paxta tozalash zavodining tayyor mahsulotlar saqlash omborxonasida yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 03:33 da yetib borib, soat 03:41 da yong'in qurshab olingan va soat 07:00 da o'chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo'lganlar yo'q. Hozirda yong'in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.