Qorako'l tumanida o'tkazilgan tezkor tadbirda fohishaxona aniqlandi

0

Qorako'l tumani Ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha e'lon qilingan “Zarbdor 15 kun” keng qamrovli profilaktik tadbirlari davomida olingan tezkor ma'lumot asosida, joriy yilning 18 noyabr kuni soat 19:00 larda tumanning Tayqir mahallasida yashovchi, 1978 yilda tug'ilgan A.F. ismli ayolning xonadoni ko'zdan kechirilganda, u o'zining yashash uyida 50.000 so'm pul evaziga bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.F. ismli ushbu ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 4-qismi «B» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

loading...