Surxondaryodagi savdo markazida sodir bo'lgan portlash yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

0

Bugun, 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahridagi 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasida portlash sodir bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, voqea joyiga o't o'chiruvchilar soat 04:02da yetib borib, olovni 04:25da bartaraf etgan. Hodisa oqibatida 9 kishi jarohat olgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgan va unga A.Ramatov boshchilik qilmoqda. Komissiya tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog'liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan. Ayni vaqtda dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

loading...