Toshkent metrosida o'smir qizga tegajog'lik qilgan 32 yoshli erkak sudlandi

0

Poytaxt metrosida noma'lum o'smir qizga tegajog'lik qilgan erkak sudlandi, deb xabar bermoqda “Podrobno”.

Voqea Olmazor metro bekatida 18 sentyabr kuni sodir bo'lgan. Jinoyatchi Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 32 yoshli oilali erkak bo'lgan. Erkak muqaddam Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o'g'irlik) va 127 (voyaga yetmaganni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun sudlangan.

Qayd etilishicha, qiz hamma narsani suratga olib, ota-onasiga ko'rsatgan. Natijada, erkak ish haqining 20 foizini ushlab turish bilan ikki yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

loading...