Buxoroda fuqaroning nomiga chet eldan kelgan pul kupyuralari qalbaki bo'lib chiqdi

0

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ATB “Agrobank” Olot filiali tomonidan fuqaro Sh.R. ning turmush o'rtog'i R.N. nomiga Turkiya Davlatidan “Zolotaya Korona» pul o'tkazmasi orqali kelgan 400 AQSh dollarining qalbaki ekanligiga shubha tug'ilganligi uchun tekshirilganda, Buxoro viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo'limining ekspertiza xulosasiga ko'ra, ushbu pullardan 300 AQSh dollari qalbaki ekanligi ma'lum bo'lgan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.