Mirziyoyev BMTning maxsus ma'ruzachisi bilan uchrashdi

0

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rag'batlantirish va himoya qilish bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynni qabul qildi.

Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda inson huquqlari sohasida, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurash borasidagi dolzarb kun tartibi yuzasidan muloqotni yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan.

Hamkorlik samarali tus olgani, O'zbekiston ushbu muhim yo'nalishlarda katta muvaffaqiyatlarga erishgani ta'kidlangan.