Namangandagi to'qnashuv yo'lovchining o'limiga sabab bo'ldi

0

2021 yil 1 dekabr kuni soat 02:00 larda, «Go'zal» MFY Go'zal ko'chasida, Namangan shahrida yashagan, 1984 y.t. fuqaro “Nexia-2» rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'l chetida to'xtab turgan, Namangan shahrida yashovchi, 1991 y.t. fuqaroga tegishli «MAN» rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.

Natijada, “Nexia” rusumli avtomashinada bo'lgan yo'lovchi, Namangan shahrida yashagan, 1986 y.t. fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan va “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi qo'shma shikast, o'ng oyoq boldir va chap oyoq son suyagini sinishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo'yicha Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yil 1 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

loading...