Qanday odatlar jig'ildon qaynashini keltirib chiqaradi?

0

Qattiq kamar yoki tor yubka – ular qorinni siqib turadi va qorin bo'shlig'i bosimini oshiradi. Natijada, jig'ildon qaynashi uzoq vaqt davom etishi mumkin.

Ovqatlangandan keyin yotish. Yotganimizda, oshqozonda bo'lgan ovqatning bir qismi qizilo'ngachga o'tib, jig'ildon qaynashiga olib keladi. Ovqatdan so'ng, bir soat davomida uxlamaslik tavsiya etiladi.

Ortiqcha ovqatlanish. Qizilo'ngach faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan taomlar bor. Bunday mahsulotlarga shirinliklar, sut, qaymoq, yog'li ovqatlar kiradi. Agar siz ovqatdan so'ng ko'p miqdorda shirinlik yesangiz, jig'ildon qaynashi kuzatilishi mumkin.

«Sog'lom hayot»

loading...