Qashqadaryoda qotillik va talonchilik sodir etgan o'zbekistonlik Rossiyada qo'lga olindi

0

Rossiyaning Orenburg shahrida O'zbekistonda qotillik va talonchilik sodir etib, qidiruvga berilgan o'zbekistonlik ushlandi.

O'zbekiston huquq tartibot organlari bergan ma'lumotga ko'ra, asli kasbilik X.X. JKning 97-moddasi 2-qismi “j,i,o,p” bandlari va 164- moddasi 3-qismi “v” bandida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan,

Rossiya va O'zbekiston huquq tartibot organlari hamkorlikda olib borgan ishlari natijasida X.X. Orenburg viloyatining Bugruslan shahrida ushlangan. Unga qonuniy chora ko'rilishi ma'lum qilindi.

loading...