Sudanda qurolli hujumdan keyin 50ga yaqin odam halok bo'ldi

0

Sudanning G'arbiy Darfur shtatidagi Jabal-Mun tumanida qurollangan kishilar hujumidan keyin kamida 48 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Dabanga mahalliy radiosi ma'lum qildi.

Guvohlarning xabar berishicha, bosqinchilar Kereinek shahrini qurshab olib, uni og'ir quroldan o'qqa tuta boshlagan, so'ngra qochqinlar lageriga o't qo'ygan. Sudan shifokorlari markaziy qo'mitasi hujumdan keyin voqea joyida 48 jasad va ko'plab yaralanganlar aniqlanganini ma'lum qilgan.

Oxirgi oylarda Jabal-Mun qurolli to'qnashuvlar markazi bo'lib qolmoqda. Ular oqibatida 100ga yaqin odam halok bo'lgan.

2003 yilda tarkibiga Sharqiy va G'arbiy Darfur shtatlari kiruvchi Darfur regionida fuqarolik urushi boshlangan. O'shanda “Sudan ozodlik harakati” va “Adolat va tenglik uchun harakat” guruhlari regionning “iqtisodiy kamsitilishi”ga norozilik sifatida markaziy hukumatga qarshi isyon ko'targan. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ushbu ixtilof davomida 300 ming kishi halok bo'lgan, 2,5 mlndan ko'proq kishi qochqinga aylangan.

tass.ru