Dam olish uchun eng yaxshi byudjet shaharlar ro'yxatida Toshkent birinchi o'rinni egalladi

0

Maqolada britaniyalik sayyohlar uchun qulayliklar – London va Toshkent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslar hamda Britaniya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim – mavjudligi qayd etilgan. Bu sayyohlarni mamlakat boyliklarini ko'proq ko'rish uchun uzoqroq muddatli sayohatlarga jalb qilishi mumkin.

Material muallifi sayyohlarni ushbu “ikki ming yillik tarixga ega Markaziy Osiyo markaziga, O'zbekistonda ob-havo eng qulay bo'lgan bahor yoki kuzda” sayohat qilishga chorlaydi.