O'zbek to'yida sodir bo'lgan voqea tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.
Ma'lum bo'lishicha, to'ylarning birida o'zining noodatiy raqsi hamda qo'shiq aytish yo'nalishiga ega bo'lgan xonanda mehmondan musht yegan. Ushbu holat aks etgan video telegram kanallarda tarqalgan.
Video izohida xonanda Sardor Abiyev Sirdaryoning Boyovut tumanida musht yegani aytilgan. Xonanda dastlab bir guruh erkaklar qurshovida raqs tushganini so'ngra mikrofon ko'tarib ashula aytayotganda behosdan unga musht tushirib qolgani videoda ko'rinadi.